» » Jizzaxda Cobalt piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan

Jizzaxda Cobalt piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan


Jizzax shahrida 20-avgust, payshanba kuni 27 yoshli haydovchi Cobalt’da 39 yoshli piyodan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilgan.

Hodisa 20-avgust kuni soat 20:20 larda Saroytepa ko‘chasida sodir bo‘lgan. Cobalt’da harakatlanib kelayotgan 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan Jizzax shahri “Ittifoq” mahallasida yashovchi 39 yoshli piyodani urib yuborgan.

Jabrlanuvchi olgan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ammo ko‘rilgan tez tibbiy yordam choralariga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Jizzax viloyatida odam urib yuborish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘lib turadi. Jumladan, iyul oyida Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “O‘zbekiston” QFY hududida 29 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Cobalt 4 yoshli bolani urib yuborgani, shu kuni Jizzax shahrida Malibu velosipedda ketayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgani va o‘smirning tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan.

Shuningdek, 24-iyul kuni G‘allaorol tumanidan Marjonbuloq shaharchasiga qarab ketayotgan 33 yoshli O.J. boshqaruvidagi Lacetti “Lalmikor” MFY hududida yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli qizchani urib yuborgan, oqibatda shifoxonaga olib ketilgan qizaloq vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют