» » Samarqandda ishsiz ayollar soni 28 mingdan oshdi

Samarqandda ishsiz ayollar soni 28 mingdan oshdi


Samarqand viloyatida ishsiz ayollar soni 28 mingdan oshgan. Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan viloyat prokuraturasi axborot xizmatining yozishicha, ishsiz ayollarning aksariyati Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Bulung‘ur va Urgut tumanida yashaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan oilaviy janjallarning oldini olish, ajrimlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha sektor rahbarlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Harakatlar rejasi” ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, viloyat prokuraturasi tomonidan 2020-yilning birinchi choragida ajrim yoqasiga kelib qolgan 233 ta oila yarashtirilgan. Sha’riy nikoh asosida yashayotgan 320 ta oilaning nikohi rasmiylashtirilgan. 15 ta erta nikohning oldi olingan.

Jumladan sudlarga, FHDYo idoralariga ajrashish to‘g‘risida ariza kelib tushganda zudlik bilan mahallaga, sektor rahbarlariga yozma xabar berilishi hamda ular tomonidan jamoatchilik bilan birga ajrimning oldini olish choralarini ko‘rish tizimi joriy etilgan.

Natijada, sudlarda nikohdan ajralish bilan bog‘liq ko‘rilgan ajrimlar 45 taga, oilaviy janjallar oqibatida sodir etilgan huquqbuzarliklar esa 239 taga kamaygan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ishsiz yoshlar “yoshlar daftari”ga, ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar “ayollar daftari”ga kiritiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют