» » Navoiyda Nexia haydovchisi uxlab qolishi oqibatida dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri voqea joyida vafot etgan

Navoiyda Nexia haydovchisi uxlab qolishi oqibatida dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri voqea joyida vafot etgan


Navoiy viloyati Konimex tumani hududida Nexia hamda Changam mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar qilgan.

Hodisa 2020-yil 19-avgust kuni soat 10:25 larda yuz bergan. Nexia haydovchisining uxlab qolishi oqibatida mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Changam rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Avariya oqibatida Nexia haydovchisi o‘ta og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. YHXBB taqdim etgan videolavhada Changam mashinasi haydovchisining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Avval Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida guvohnomasi yo‘q haydovchining aybi bilan sodir bo‘lgan YTHda P.Q. ismli fuqaro vafot etgani, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, Navoiy viloyati Nurota tumani hududida Damas mashinasini boshqarib kelayotgan 57 yoshli haydovchi uxlab qolishi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bir kishining o‘limiga olib kelgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 122) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют