» » Sirdaryoda ikki Nexia to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda ikki Nexia to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi


Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea 10-avgust kuni soat 09:55 larda sodir bo‘lgan. Haydovchi N.Sh. Nexia mashinasini tumanning Alisher Navoiy MFY hududidan o‘tgan 4R-27 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida Guliston—Dehqonobod yo‘nalishida haydab ketayotgan bo‘lgan.

Boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi A.Sh. boshqaruvidagi Nexia’ning old o‘ng tomoniga urilib YTH sodir etgan.

Oqibatda yo‘lovchi O‘.S. olgan tan jarohatlari og‘irligidan vafot etgan. Haydovchi N.Sh va yo‘lovchilar P.G. va H.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Sirdaryoda Nexia Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgani, Isuzu urgan Lacetti yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют