» » Sirdaryoda Nexia hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Sirdaryoda Nexia hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi


Sirdaryoda Nexia hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilgan.

Hodisa 2020-yil 13-avgust kuni soat 18:00 da yuz bergan. M.A. boshqaruvidagi oq Nexia Sirdaryo shahrida haydovchi M.S. boshqarib kelayotgan Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli Isuzu yuk mashinasining old qismiga urilgan. Yengi avtomobil YTH oqibatida ag‘darilgan.

To‘qnashuvdan keyin mashinaning ag‘darilishi Nexia ichidagi yo‘lovchi A.I.ning o‘limiga sabab bo‘ldi, fuqaro olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Xabarda Nexia’ning qanday tezlikda harakatlangani, YTH oqibatida halok bo‘lgan yo‘lovchining jinsiga aniqlik kiritilmagan.

Sirdaryoda Nexia Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgani, Isuzu urgan Lacetti yonib ketgani, shuningdek, viloyatning Guliston tumanida ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida mashinalardan biri ichidagi bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari og‘irligidan vafot etgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют