» » Toshkentda Labo reklama ustuniga urilishi oqibatida mashina ichidagi yo‘lovchi halok bo‘ldi. Haydovchi shifoxonaga yotqizilgan

Toshkentda Labo reklama ustuniga urilishi oqibatida mashina ichidagi yo‘lovchi halok bo‘ldi. Haydovchi shifoxonaga yotqizilgan


Toshkent shahrida Labo yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida bir kishi tan jarohati oldi va yana bir kishi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilgan.

Hodisa 11-avgust kuni taxminan soat 11:30 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 20 yoshli A.N. Labo’ni boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib reklama ustuni bilan to‘qnashgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH oqibatida badani shikastlangan haydovchi shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘lovchi – 31 yoshli Toshkent viloyatida yashagan B.S. voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani,  Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida yengil avtomobil ichidagi ikki nafar ayol vafot etgani, Qamchiq dovonida haydovchining hushyorlikni yo‘qotishi oqibatida Cobalt yo‘ldan chiqib ketgani, Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют