» » Sirdaryoda tungi vaqtda Matiz kanalga ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda tungi vaqtda Matiz kanalga ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi


Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 5-may kuni yuz bergan YTH oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tergov boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa soat 23:30 da “Do‘stlik” MFY hududida sodir bo‘lgan. 31 yoshli haydovchi R.M. Matiz’da yo‘lovchilar bilan harakatlanayotganida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketib yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.

Haydovchi R.M. avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy haftada odam o‘limi bilan yakunlangan yana bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 4-may kuni Samarqandning Urgut tumanida “Jiguli” va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli bolasi, Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urilishi oqibatida 31 yoshli haydovchi, 5-may kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida Nexia-3 avtomobili svetoforning qizil chirog‘idan katta tezlik o‘tib simyog‘ochga urilishi oqibatida 26 yoshli haydovchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют