» » Navoiyda Lacetti va Nexia to‘qnashuvida haydovchi va 1 yoshli bola halok bo‘ldi

Navoiyda Lacetti va Nexia to‘qnashuvida haydovchi va 1 yoshli bola halok bo‘ldi


Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV Tergov departamenti matbuot xizmati.

Hodisa 9-fevral kuni taxminan soat 01:50 larda Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tuvchi Zarafshon—Navoiy avtomobil yo‘lining 154-kilometrida sodir bo‘lgan.

24 yoshli R.N. Lacetti’da belgilangan tezlikni oshirgan holda harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan va 23 yoshli N.J. ning boshqaruvida bo‘lgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi N.J. voqea joyida va mashinadagi 1 yoshli yo‘lovchi bola A.Sh. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют