» » Alisher Uzoqov: qaynotaning keliniga tegajogligi tasvirlangan milliy seriallar mentalitetimizga togri keladi, ammo Sevgi iztirobi togri kelmaydi (video)

Alisher Uzoqov: qaynotaning keliniga tegajogligi tasvirlangan milliy seriallar mentalitetimizga togri keladi, ammo Sevgi iztirobi togri kelmaydi (video)


Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov Daryo internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Alisher Uzoqov suhbat davomida Sevgi iztirobi seriali uch marotaba efirdan olib tashlanishiga munosabat bildirdi.

Aniq sababini bilmayman, lekin baribir ommaga aytilgan sababi boyicha koradigan bolsak, mentalitetimizga togri kelmaydi, deyilgani uchun olib tashlandi. Dushmanlar ham bor baribir. Unaqa seriallar kop. Nimaga aynan Kara Sevda, yani Sevgi iztirobi? Chunki u xalq orasida juda ommalashdi. Umuman olganda, hozir boshqa kanallardan ketayotgan turk seriallarini Sevgi iztirobi bilan taqqoslab chiqsangiz, manaviyatimizga tasiri aynan bir xil. Bu gapimga javob beraman, lekin Sevgi iztirobining yagona aybi tezda ommalashgani va xalq etiboriga tushgani.

Ozimizning hozirgi olinayotgan seriallarda ham mentalitetga togri kelmaydigan joylari kop. Otalar soziaqlning kozining zamonaviy bir qismini kordim. U yerda bitta qaynota keliniga tashayapti. Bu manaviyatimizga rosa togri keladi-a? Bitta qaysidir ozimizning milliy serialda yigit bilan qiz kokain chekib otirishibdi. Nashamas, kokain, korsatib otirishibdi. Bu manaviyatimizga rosa togri keladi-a? Bu seriallarni kop odam kormaydi, Sevgi iztirobi esa yaxshi bolgani uchun ham uni yoqotishdi.

Bizda sindirishga kelganda birinchilardan bolishadi, ildam qadamlar bilan, katta-katta lomlar bilan sindirib tashlashadi.

Bu serial toxtatilganini sababi mentalitetimizga togri kelmaydi, yoshlar ongini zaharlayapti, xop, tushunarli. Bundan kelib chiqadiki, sanat odamlar ongini, dunyoqarashini ozgartira oladigan soha. Nimaga biz bu sohaga faqat negativ paytlar etibor berishimiz kerak? Nega xalq ongini buzayotganda etibor berishimiz kerak? Ongni buzyapti, sanatning kuchi katta ekan, kelinglar, shunga kuchliroq etibor beraylik-da, xalqimiz manaviyatini yaxshi tarafga ozgartiraylik, degan maqsad negabizda yoq?

Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor

Malumot uchun, Sevgi iztirobi Zor TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi.2018-yil fevral oyida Ozbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sevgi iztirobi serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishitoxtatilgan edi. Oshanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi. Zor TV telekanali 2019-yil iyul oyida Sevgi iztirobi efirga uzatilishini malum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi. 31-iyul kuni esa esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa kongilochar korsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-08-2020, 10:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
:
-
:
20 ... -