» » Mirali Hamroyev Buxoro hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi

Mirali Hamroyev Buxoro hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirali Hamroyevning Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Oradan biroz fursat o‘tib esa xabarlar o‘chirildi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.

“Viloyat hayoti bilan bog‘liq bu kabi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas. Bunday asossiz xabarlar jamoatchilikni chalg‘itmoqda xolos.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati yurtdoshlarimizni norasmiy axborot sahifalarida e’lon qilinayotgan ma’lumotlardan ogoh bo‘lishga, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va blogerlarni esa yolg‘on axborot tarqatmaslikka chaqiradi”, — deyiladi axborotda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, davlat va jamoat arbobi Karim Kamolov 22-avgust kuni 65 yoshida vafot etgan edi. Unda avvalroq koronavirus infeksiyasi aniqlangani, davolash muolajalari uchun Toshkentga ko‘chirilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan Buxoro hokimi Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют