» » D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari 24-29-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari 24-29-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4352-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahrida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti”ning Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali (bundan buyon matnda-filial) faoliyat ko‘rsatishni boshladi.

Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, universitet bilan kelishilgan olgan holda, Filial bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi.

2020-yilning 1-avgust kuni “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Abituriyentlar fakultet, rektor va qabul komissiyasi vakillari bilan uchrashib, ularning barcha savollariga atroflicha javob olib va kelgusi mutaxassisliklarini tanlashda ko‘mak oldilar.

24-avgust kuni Toshkentdagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti”ning birinchi imtihon boshlandi. Imtihonlar 24—26—28-avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

“O‘zkimyosanoat” AJ kirish sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishga xodimlarni safarbar etdi.

Imtihonlar sanitariya-gigiyena qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda ochiq havoda o‘tkazildi. Imtihonga kirishdan oldin har bir abituriyentning harorati tekshirildi. Ayrim sabablarga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abituriyentlar tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda zaxira kuni o‘tkazib yuborilgan imtihonni topshirishlari mumkin.

Abituriyentlar bir martalik tibbiy niqob, qo‘lqop, kepka, ruchka, suv va bir martalik stakanlar bilan ta’minlandilar.

Kimyo fani bo‘yicha imtihonda D.I.Mendeleyevning davriy jadvali va kalkulyator tarqatildi.

Imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi texnik ko‘magida o‘tkazildi. Shuningdek, vazirlik imtihonlarning onlayn translatsiyasini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatdi.

D.I.Mendeleyev nomidagi RXTU Toshkent filialiga 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi manzilda o‘tkaziladi:

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4, 5. (Talabalar shaharchasi maydoni, Beruniy metrosi, O‘zbekiston Milliy universitetiga chiqish tomon).

O‘zkimyosanoat AJ matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют