» » Prezident qarori: Toshkentda Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochiladi

Prezident qarori: Toshkentda Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochiladi


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Toshkent shahrida D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Federal davlat budjeti oliy talim muassasasi filialini tashkil etish togrisidagi qarorini imzoladi. Bu haqda OzA xabar berdi.

Qarorga kora, quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yonalishlari etib belgilandi:

respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bolgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro talim standartlariga muvofiq tayyorlash;

nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi, materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash, materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi va sanoat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;

talim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi, shuningdek, ularni jahon talimi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qilish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

muhandis-texnik va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yonaltirilgan yangi talim dasturlari hamda oqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;

talim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;

ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qollab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oqitish usullarini faol takomillashtirish;

talim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi talim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Shuningdek, filial universitetning alohida tarkibiy bolinmasi oliy talim muassasasi hisoblanadi;

Filial, Universitet bilan kelishgan holda, talimning bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklarining kadrlarga bolgan ehtiyojini hisobga olib, barcha darajalardagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shu jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;

Filialda oqitish rus tilida, Rossiyaning federal talim standartlariga muvofiq Ozbekiston Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan oquv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;

Filialning talim faoliyati 20192020-oquv yilidan boshlanadi;

Filialga abituriyentlarni qabul qilish, talim faoliyati va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan otkazish Ozbekiston Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

Filial bitiruvchilariga oqishni bitirganlaridan song Ozbekistonda oliy talim togrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Filialga qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli kadrlarga bolgan ehtiyojini hisobga olib, Universitet hamda Ozbekiston Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan kelishilgan holda, Filial Vasiylik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi;

davlat granti asosida talim olgan Filial bitiruvchilari respublika tashkilotlariga besh yildan kam bolmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi;

Filial Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylashgan Mirzo Ulugbek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Mirzo Ulugbek sanoat kasb-hunar kolleji oquvchilari oquv jarayonini Mirzo Ulugbek sanoat kasb-hunar kolleji binosida oqishlari bitgunga qadar davom ettiradi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-06-2019, 22:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -