» » “Bavariya” bosh murabbiyi: PSJga qarshi o‘yin oldidan ko‘pchilik himoya chizig‘imizga shubha qilgandi

“Bavariya” bosh murabbiyi: PSJga qarshi o‘yin oldidan ko‘pchilik himoya chizig‘imizga shubha qilgandi


“Bavariya” bosh murabbiyi Xans Flik Chempionlar Ligasi finalida PSJ ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Garchi ko‘pchilik ajoyib hujum chizig‘iga ega raqibga qarshi qanday himoyalanishimizga qiziqqan va bunga shubha qilgan bo‘lsa ham, biz juda yaxshi o‘ynadik. Raqibga ko‘plab muammolar tug‘dirdik. Shunchaki himoyada ajoyib harakat qildik. 92-daqiqada ham Levandovskining to‘p uchun yugurganini ko‘rish juda ajoyib edi. Jamoaviy o‘yin bugun eng yuqori darajada bo‘ldi. Ehtimol, Koman nihoyat bu mavsumda Riberi va Robbenning soyasidan chiqdi. U juda iqtidorli futbolchi, shuningdek, u bugun gol ura olishini ham isbotladi.

Bayramni qachon tugatishni belgilab qo‘yganim yo‘q. Katta yutuqqa erishgach, uni nishonlash zarur. Bunday paytlarda siz shunchaki xursand bo‘lishingiz kerak, hozircha buni qancha vaqt nishonlashimizni ayta olmayman.

Xans Flik, “Bavariya” bosh murabbiyi

Qayd etish joiz, Myunxen klubi o‘z tarixida 6-marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют