» » “Bavariya” bosh murabbiyi: Asosiy qurolimiz — raqibga bosim o‘tkazish

“Bavariya” bosh murabbiyi: Asosiy qurolimiz — raqibga bosim o‘tkazish


“Bavariya” bosh murabbiyi Hans Flik Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi o‘yindan (3:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u PSJning imkoniyatlarini baholadi.

Biz bu oson bo‘lmasligini bilardik. “Lion” “Yuventus” va “Manchester Siti” ustidan qozonilgan ajoyib g‘alabalardan so‘ng yaxshi kayfiyatda edi. Ular taktik jihatdan juda yaxshi jamoa. Birinchi bo‘limda ular bizga qator muammolar tug‘dirdi.

PSJ? Ajoyib jamoa, ular finalga qadar yetib keldi. Biz ba’zi bir jihatlarni tahlil qilyapmiz, ularda qator tezkor o‘yinchilar borligini bilamiz.

Biz o‘z himoyamizni yaxshi tashkil qilishga harakat qilamiz, ammo asosiy qurolimiz — raqibga bosim o‘tkazish.

Hans Flik, “Bavariya” bosh murabbayi

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi final uchrashuvi 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: “Bavariya” bosh murabbiyi: “Barselona”ga bosim o‘tkazsak, imkoniyatlarimiz oshishini bilardik



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют