» » Kike Setyen: “Sharmandali va og‘riqli mag‘lubiyat”

Kike Setyen: “Sharmandali va og‘riqli mag‘lubiyat”


“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi uchrashuvdan (2:8) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu — juda og‘riqli va sharmandali mag‘lubiyat. Gollar juda ko‘payib ketdi va ularning deyarli barchasi haqli edi. “Bavariya” juda samarador o‘yin namoyish etdi.

Klubda qolamanmi? Bu haqida o‘ylashga juda erta, bu menga bog‘liq emas. Mag‘lubiyatni hisobga olgan holda vaziyatni tushunishga harakat qilish lozim”, — deydi Kike Setyen.

Avvalroq Setyenning iste’foga chiqarilishi va uning o‘rnini “Tottenhem” sobiq bosh murabbiyi Mauriso Pochettino egallashga yaqin turgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Kike Setyen 2020-yilning yanvar oyida Ernesto Valverdening o‘rnini egallagan. Jamoa uning qo‘l ostida La Liga, mamlakat Kubogi va Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют