» » Kike Setyen kelasi mavsumda ham “Barselona”ga murabbiylik qiladimi? Bartomeu javob berdi

Kike Setyen kelasi mavsumda ham “Barselona”ga murabbiylik qiladimi? Bartomeu javob berdi


“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setyenning kelasi mavsumda ham ushbu lavozimda qolishini ma’lum qildi.

“Setyenning shartnomasi bor. Biz uni tayinlaganimizda, bu nafaqat ushbu mavsum uchun, balki keyingisi uchun ham mo‘ljallangan loyiha ekanini tushuntirgandik. Bir necha oydan so‘ng, buning ustiga pandemiya bo‘lgan davrda murabbiyning ishiga baho berish qiyin. Arturo Vidalning aytishicha, Setyen futbolchilarni yaxshiroq bilib olishiga va ular bilan ishlashiga vaqt kamlik qilgan.

Hech qachon murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamaganmiz. Setyen – bizning murabbiy. Biz hech kim bilan muzokara o‘tkazmadik. Ha, Xavi bilan gaplashib turaman, chunki biz yaxshi munosabatdamiz, biroq yaqinda o‘z klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bir kuni u “Barselona”ni boshqaradi, qachonligini esa faqat uning o‘zi hal qiladi”, — dedi Bartomeu.

Ma’lumot uchun, 61 yoshli Setyen 2020-yilning yanvar oyida Ernesto Valverdening o‘rnini egallagandi.

Rivaldodan Suaresgacha. “Barselona” futbolchilari tomonidan urilgan akrobatik usuldagi top-5 gol (video)

Hozirda katalon klubi Yevropa Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettirmoqda. Jamoa 8-avgust kuni o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют