» » Afg‘onistondagi qurolli hujum oqibatida jarohat olgan o‘zbekistonlik Termizda davolanayotgani ma’lum qilindi

Afg‘onistondagi qurolli hujum oqibatida jarohat olgan o‘zbekistonlik Termizda davolanayotgani ma’lum qilindi


Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temiryo‘l qo‘riqchilariga hujum uyushtirilgani haqida xabar berilgan edi. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hujum oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan, ikki nafar afg‘onistonlik halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hujum oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik – “So‘g‘diyona trans” korxonasining koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Afg‘onistonning Balx viloyatida “So‘g‘diyona trans” sho‘ba korxonasi vakillariga qurolli hujum sodir etilgan. Korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kiradi. Korxona ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan mas’ullar Hayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishganda hujumga uchragan. Hujum oqibatida korxona koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari jarohat olgan, ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi (Ichki ishlar vazirligining temiryo‘lni qo‘riqlash batalyoni askari va bir nafar hujum qilgan noma’lum shaxs) halok bo‘lgan.

Keyinroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov afg‘onistonlik hamkasbi bilan bog‘lanib, mamlakatda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so‘ragan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют