» » Kuniga 8 stakan suv ichish tashqi ko‘rinishga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Kuniga 8 stakan suv ichish tashqi ko‘rinishga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


Har kuni 8 stakandan suv ichilsa, tashqi ko‘rinish va salomatlikda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi. Quyida 42 yashar Sara Smit misolida ushbu savolga javob beramiz.

Sara Smitni bosh og‘rig‘i va oshqozon muammolari uzoq vaqt davomida bezovta qilgan. U murojaat qilgan nevrolog-parhezshunos kuniga uch litrdan kam bo‘lmagan suv ichish kerakligini tavsiya qilgan. Shundan keyin shifokor ko‘rsatmasiga binoan ayol ko‘rinishida qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd qilib borish uchun kundalik tutgan va Twitter sahifasida boshqa foydalanuvchilar bilan bo‘lishgan.

1-haftada

Terida oz-moz to‘kilish kuzatilgan va bu organizmning toksinlardan tozalanayotganidan dalolat. Bosh og‘rig‘i yo‘qolgan va suyaklar harakati yaxshilangan.

2-haftada

Teri rangi tiniqlashgan, ajinlar va ko‘z ostidagi ko‘karishlar yo‘qola boshlagan. Choy miqdori kamaygani uchun nafas olish yengillashgan.

3-hafta

Ko‘z ostidagi qora xaltalar va mimika ajinlari butkul yo‘qola boshlagan, teri taranglashgan. Saraning kosmetologi epidermis hujayralarida regeneratsiya yaxshilanganini payqagan. Bundan tashqari, qomatida ham o‘zgarish sezilgan. Ko‘p suyuqlik ichgani uchun ayol kam miqdorda ovqatlana boshlagan.

4-hafta

28-kunga kelib Sara o‘zini sog‘lom va yaxshi his eta boshlagan, bu esa atrofdagilar e’tiboridan chetda qolmagan. Turmush o‘rtog‘i va do‘stlari uni yoshiga nisbatan 10 yosh kichik ko‘rinayotganini ta’kidlagan.

Ushbu natijaga erishish va tashqi ko‘rinishda sezilarli o‘zgarish bo‘lishi uchun kuniga bir necha stakan suv ichish va shu tarzda davom etish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют