» » Bektemir va Yashnobod tumani hokimlari lavozimidan ozod etildi

Bektemir va Yashnobod tumani hokimlari lavozimidan ozod etildi


Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Sektor rahbarlari — prokuror, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham lavozimlarini tark etdi. Bu haqda hukumatdagi manbaga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Bektemir tumani faollari bilan o‘tgan uchrashuvda tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o‘rtasida 1,5 foiz ekanini qayd etgandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yetishmasligi, qator mahallalarda ichki yo‘llar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shohrux Mamajonov Bektemir tumaniga 2018-yil iyuldan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Nashrning xabar berishicha, 2018-yil iyul oyidan buyon Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Hojiakbar Tillashayxov ham o‘z vazifasidan chetlashtirilgan.

Yaqin vaqt ichida Toshkentning Sergeli, Yashnobod va Bektemir tumanlariga yangi hokimlar tayinlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari metall konstruksiyalar zavodiga, “Binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga, pishloq ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga, to‘qimachilik dastgohlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonaga, “O‘zavtosanoat” tomonidan tashkil qilingan Cooperation LAB tarmoqlararo kooperatsiya markaziga tashrif buyurdi. Cooperation LAB markazida sanoat sohalarida mahalliylashtirishni kengaytirish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi. Davlat rahbari tuman faollari bilan uchrashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют