» » Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumani faollari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumani faollari bilan uchrashdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar Bektemir tumaniga tashrifi davomida tuman faollari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Bektemir tumani Toshkent shahri sanoatining 10 foizini ta’minlaydi. 2020-yilning o‘tgan davrida bu yerda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat ko‘rsatish 8 foizga, eksport 11 foizga o‘sgan.

Uchrashuvda tumanda yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish va aholi hayotini yaxshilash borasidagi rejalar aytib o‘tildi.

Masalan, Bektemir tumaniga Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan jami 1639 gektar yer o‘tkaziladi. Natijada tuman hududi 3472 gektarga yetadi. Buning hisobiga yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etish, minglab ish o‘rinlari ochish imkoniyati yaratiladi.

Yaqin uch yilda tumanda umumiy qiymati 3,3 trillion so‘mlik 61 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, 2020-yilda 52 ta shunday loyiha ishga tushirilib, 2700 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o‘rtasida 1,5 foiz ekani qayd etildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari yetishmasligi, qator mahallalarda ichki yo‘llar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, kambag‘allikni kamaytirish, uy-joyga muhtoj oilalarga uy ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Xizmat ko‘rsatish sohasini keskin rivojlantirish, yangi ijtimoiy obyektlar barpo etish, kommunal tarmoqlarni qurish va ta’mirlash, uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Davlat rahbari mahalla raislari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot qildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari metall konstruksiyalar zavodiga, “Binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga, pishloq ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga, to‘qimachilik dastgohlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonaga, “O‘zavtosanoat” tomonidan tashkil qilingan Cooperation LAB tarmoqlararo kooperatsiya markaziga tashrif buyurdi. Cooperation LAB markazida sanoat sohalarida mahalliylashtirishni kengaytirish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют