» » Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlari hududlari o‘zgartiriladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlari hududlari o‘zgartiriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari tarkibida tuzilgan ishchi guruh tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining yer maydonlari, ularning o‘zaro chegara hududlarining joylashuvi chuqur tahlil qilinib, takliflar ishlab chiqilgan.

Ma’lumki, Toshkent viloyatining 5 ta tumani – Zangiota, Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari ayrim mahallalari Toshkent shahrining katta halqa yo‘li ichiga kirib qolgan. Misol uchun, Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga qarashli “Xonobod” mahallasi poytaxtning Sergeli va Bektemir tumanlari orasida, yoki Toshkent shahriga qarashli Ulug‘bek shaharchasi to‘liq Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida joylashgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarining o‘zaro chegara hududlarida ham ko‘plab nomutanosibliklar mavjud.

Shu bois, aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahardan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10 196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Taqdimotda ushbu takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev takliflarni ma’qullab, Toshkent shahrining bosh rejasini qayta ko‘rib chiqish, shaharga qo‘shimcha berilayotgan yer maydonlariga uylar, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini oqilona joylashtirish, eng asosiysi, aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan.

Mutasaddi rahbarlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa muddatda tayyorlab, mahalliy kengashlar va Oliy Majlisga ko‘rib chiqish uchun kiritish bo‘yicha topshiriq berildi.

Avvalroq Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga doir Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil iyunida Toshkent shahar hokimligi rasmiylari Toshkent shahri yaqin kelajakda 18 ming gektarga kengayishi mumkinligi, Yangi Toshkent poytaxtning sharq tomonida, Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab joylashishini ma’lum qilgan edi. Bundan avvalroq Britaniyaning Benoy kompaniyasi Chirchiqning chap sohilida joylashgan Yangi Toshkent loyihasini namoyish etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют