» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatini respublika oliy rahbariyatidagi mas’ul shaxslarga boshqaruv va umumiy rahbarlik uchun bo‘lib berdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatini respublika oliy rahbariyatidagi mas’ul shaxslarga boshqaruv va umumiy rahbarlik uchun bo‘lib berdi


Prezident topshirig‘iga binoan Toshkent viloyatining o‘zida qolgan 18 ta hududiy birligi (avval 22 ta edi) respublika oliy rahbariyatidagi mas’ul shaxslarga boshqaruv va umumiy rahbarlik uchun bo‘lib berildi. Bu haqda “Haqiqat onlayn” Telegram kanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, administratsiya rahbari, DXX rahbari, Bosh prokuror, IIV vaziri endilikda o‘zlariga biriktirilgan hududlarga o‘z asosiy ishlaridan ajralmagan holda bevosita rahbarlik qiladi.

Demak, Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l tumani va shahri Administratsiya rahbari Z. Nizomiddinovga, Bo‘ka, Piskent, Yuqori Chirchiq tumanlari Prezident maslahatchisi T. Xudoybergenovga, Zangiota, Chinoz, Toshkent tumanlari DXX rahbari A.Abdusalomovga, Parkent, Qibray, Bo‘stonliq tumanlari IIV rahbari P. Bobojonovga, Bekobod, Ohangaron tumani va shahri Bosh prokuror O. Murodovga, Oqqo‘rg‘on va O‘rta Chirchiq tumanlari viloyatning yangi rahbari R. Xolmatovga shaxsan javobgarlik bilan biriktirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют