» » Xorazmda Damas va Labo’ning lokalizatsiyasi oshiriladi, kaustik soda va xlor zavodi quriladi

Xorazmda Damas va Labo’ning lokalizatsiyasi oshiriladi, kaustik soda va xlor zavodi quriladi


Urganch shahrida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev avtomobillar narxi oshirilganini tanqid qildi

Viloyatning rivojlanish darajasi orqada qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot respublika ko‘rsatkichidan 1,5 barobar, sanoat mahsuloti va xizmat ko‘rsatish hajmi bo‘yicha esa 2 barobar past.

Shu munosabat bilan yaqin uch yilda umumiy qiymati 24 trillion so‘mlik 2 ming 736 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 50 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Hazoraspdagi avtomobil zavodida Damas va Labo mikrovenlari ishlab chiqarishning mahalliylashtirish darajasini 65 foizga yetkazish (hozir 27 va 14 foiz) bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Viloyatda kelgusi yilda paxtani qayta ishlash darajasini 100 foizga, ip-kalavani uch yilda bugungi 35 foizdan 70 foizga yetkazish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqiladi. Malayziyalik investorlarning 250 million dollar sarmoyasi hisobidan yiliga 63 ming tonna kaustik soda va xlor ishlab chiqaradigan kimyo zavodi quriladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Prezidentga yolg‘on gapirish — Vatanga xiyonat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют