» » Termizda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi

Termizda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi


Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev sessiyani ochiq muloqot tarzida o‘tkazishni taklif qildi.

— Haqiqiy ahvolni gapirgan odam bizga do‘st. Uchrashuvimiz hamma masalalarni joy joyiga qo‘yish bo‘yicha foydali bo‘lsin, — dedi davlat rahbari.

Prezident foydali qazilmalarga boy, uch martagacha hosil olsa bo‘ladigan tabiiy sharoitga ega, aholisi mehnatsevar Surxondaryo viloyati salohiyatining hali o‘ndan biri ham ishga solinmaganini qayd etdi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakat ko‘rsatkichidan 2,3 barobar, xizmat ko‘rsatish 2 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish 8 barobar kam ekanini ko‘rsatib o‘tdi.

Viloyatda iqtisodiy faol aholining 10 foizi ishsiz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 54 foiz ekani tanqid qilindi.

Shu kabi masalalarni hal etish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish maqsadida 2019—2020-yillar uchun umumiy qiymati 23 trillion 632 milliard so‘m bo‘lgan 649 investitsiya loyihasi rejalashtirilgan.

Bular doirasida 2,2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, 11 ming 500 ta ish o‘rni yaratish mo‘lajallangan.

Surxondaryoning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, chet eldan investitsiya olib kelib, zamonaviy korxonalar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi va mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют