» » Alisher Uzoqov “zapret”ga tushganida 20 ming so‘mlik doriga puli bo‘lmagani haqida so‘zlab berdi (video)

Alisher Uzoqov “zapret”ga tushganida 20 ming so‘mlik doriga puli bo‘lmagani haqida so‘zlab berdi (video)


Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Alisher Uzoqov suhbat davomida “zapret” vaqtida 20 ming so‘mlik doriga ham puli bo‘lmagani, “zapret”dan qutilish uchun o‘zini o‘ldi, deb xabar tarqatmagani haqida gapirib berdi.

Kimdir haqida fikr bildirishdan oldin uning vaziyatini yaxshilab o‘rganish kerak. Men ‘zapret’ paytim ‘o‘ldim’ deb xabar chiqaradigan ahvolda emasdim. Ahvolim juda og‘ir edi. Yaxshigina kinolarim chiqib bo‘lgan,  ‘Janob hech kim’,  ‘Uylanish’,  ‘Tundan tonggacha’ kabi bir qancha el tanigan kinolarim bor edi. Oilaliman, tirikchiligim faqat kinodan, nega ‘zapret’ bo‘ldim, qanchaga ‘zapret’ bo‘ldim, hech qanday ma’lumot yo‘q. Pul yo‘q.

O‘sha payt burnimda bir kasallik bor edi, burnim tez-tez bitadi, unga dori olib sepib yurishim kerak. O‘sha paytlarda u dori 20 ming so‘m turardi. Hattoki o‘sha dorini olishga ham pulim bo‘lmay qolgandi. Keyin 2-3 ming so‘mga naftizin olib, tomizib yurdim.

Uyimga kelib, eshigimni taqillatib, to‘yga 400, 500, 800 dollar beraman deyishganida chiqmaganman. Noshukrlik qilmaganman. Shunday qiyinchilik bo‘lishi kerak ekan, chidadim.

Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor

Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Tundan tonggacha”, “So‘nggi lahza”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. “Muzlagan”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarga rejissorlik qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют