Chirchiqda eri bilan janjallashib, o‘zini Bo‘zsuv kanaliga tashlagan ayol qutqarib qolindi
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 24-avgust, dushanba kuni 28 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, o‘zini kanalga tashladi. Ayol qutqaruvchilar tomonidan suvdan chiqarib olingan. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24-avgust kuni, taxminan, soat 16:30 da 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro N.K. turmush o‘rtog‘i, 1989-yilda tug‘ilgan F.J. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Ayolning jahli chiqib, Chirchiq shahar Zakovat ko‘chasidagi Bo‘zsuv kanalining ko‘prigidan o‘zini suvga tashlagan.
Ushbu holatni ko‘rgan artofdagi fuqarolar soat 16:49 da Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 8-yong‘in-qutqaruv qismiga xabar bergan.
Berilgan xabarga asosan, bir guruh qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, ayolni qutqarib qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
