» » Berlindagi “Sharite” klinkasi Aleksey Navalniyni zaharlashganini tasdiqladi

Berlindagi “Sharite” klinkasi Aleksey Navalniyni zaharlashganini tasdiqladi


Siyosatchi Aleksey Navalniy yotqizilgan Berlindagi “Sharite” klinikasi tadqiqotlar natijasi bemorning xolinestarazlar ingibitorlari guruhiga mansub modda bilan zaharlashganini ma’lum qildi. Moddaning aniq nomi hali aniqlanmagan.

Aleksey Navalniy hali ham sun’iy koma holatida qolmoqda, uning holati juda og‘ir deb baholanmoqda, lekin bemorning hayotiga xavf soladigan boshqa asoratlari yo‘q, deyiladi shifoxona bayonotida. Shuningdek, klinika Navalniyning kasalligi qanday asoratlarga olib kelishi mavhumligi, biroq uzoq davom etish xavfi mavjudligi, bu ayniqsa, asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan. Nemis shifokorlari siyosatchining rafiqasi Yuliya Navalnaya bilan domiy ravishda muloqotda bo‘lib turibdi.

“Sharite” xabarida zahar turi aniqlangani, ammo uning kimyoviy tabiati hali o‘rganilayotgani qayd etilgan. Modda xolinestaraza ingibatorlariga mansub — u atsetilxolin neyromediatorini izdan chiqaradigan reaksiyaga sabab bo‘ladi. Klinika ma’lumotida Navalniyning tanasidagi zaharli modda bir nechta mustaqil laboratoriyalarda tekshirilgani, natijada kasallikka qarshi atropin dori vositasidan foydalanishga qaror qilingani yozilgan.

Atsetilxolinesterazalari ingibitorlarining harakati neyronlarda sinapslarning qayta uyg‘onishiga turtki beradi, oqibatda atsetilxolin neyromediator sifatida ishlaydi. Bunday zahar turlariga ko‘plab aralashmalarni keltirish mumkin: tabun, VX, “Novichok” va boshqa jangovar asab-falajlovchi gazlar shular jumlasidan. Shuningdek, dixlofos zaharining pestisidlar, karbofos ham mazkur turkumga mansub.

Aleksey Navalniy zaharlanganidan keyin ikki kun davomida yotgan Omskdagi tez yordam shifoxonasi vakillari laborator tekshiruvlar zahar yoki zaharli mahsulotlar harakatiga sabab bo‘ladigan yoxud kimyoviy-zaharli moddalar bemor organizmida aniqlanmaganini bildirgan. Navalniy tarafdorlari esa omsklik shifokorlar ikki sutka davomida siyosatchining Germaniyaga evakuatsiya qilinishiga qarshi turish uchun bunday bahonalar o‘ylab topganini ta’kidlagan.

“Sharite” klinikasida 2018-yilda “Mediazona” nashri ta’sischisi, rassom Pyotr Verzilov zaharlanish alomatlari bilan yotqizilgandi. Verzilovning atrofidagi kishilar uni xolinolitiklar bilan zaharlashganini taxmin qilgan. Navalniyni davolash vaqtida aniqlangan xolinesterazlarning ingibitorlaridan farqli ravishda xolinolitiklar teskari fiziologik harakatni yuzaga keltiradi. Bunda zahar atsetilxolin retseptorlarni bloklaydi va atsetilxolin sinapslar o‘tishiga bosim qiladi.

Aleksey Navalniy 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda ahvoli yomonlashganidan buyon komada. Uning yaqinlari siyosatchi zaharlangan, deb taxmin qilmoqda.

Navalniy qariyb ikki sutka davomida Omksdagi klinikada yotdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Omskdagi klinika shifokorlari ikki sutka davomida uni olib ketishga ruxsat berishdan bosh tortdi va buni bemorning ahvoli barqaror emasligi bilan tushuntirdi.

Germaniya hukumati rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy katta ehtimol bilan zaharlangan, deb hisoblamoqda. Bu haqda mamlakat hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют