» » Robert Levandovski Ronaldu va Messining 13 yillik gegemoniyasiga chek qo‘ydi

Robert Levandovski Ronaldu va Messining 13 yillik gegemoniyasiga chek qo‘ydi


“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Shu tariqa 2006/07-yilgi mavsumdan keyin ilk bor “Barselona” hujumchisi Leo Messi yoki “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldudan boshqa futbolchi musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. 13 yil avval Kaka (10 ta gol) Chempionlar Ligasi to‘purariga aylangandi.

2007/08, 2012/13, 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18-yilgi mavsumlarda Ronaldu eng yaxshi to‘purar bo‘lgan bo‘lsa, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2018/19-yilgi mavsum bu Messiga nasib etgan.

2014/15-yilgi mavsumda Messi va Ronaldu Neymar bilan birgalikda musobaqa eng yaxshi to‘purarligini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, 2008/09-yilgi mavsumdan buyon Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purari “Real” yoki “Barselona” vakili bo‘lib kelayotgandi. Levandovski mazkur gegemoniyaga ham chek qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют