» » Aleksandr Povetkin: “Bir nechta zarba o‘tkazib yuborganimdan keyin o‘zimga keldim”

Aleksandr Povetkin: “Bir nechta zarba o‘tkazib yuborganimdan keyin o‘zimga keldim”


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi vaqtinchalik chempioni Aleksandr Povetkin qanday qilib Dillian Uaytni nokautga uchratganini aytib o‘tdi.

“Jang oson bo‘lmadi. Men ulkan qo‘llab-quvvatlashlarni sezdim. Avvaliga nimadir o‘xshamadi. Bir nechta zarba qo‘yib yuborgandan keyin o‘zimga keldim.

Tayyorlab qo‘ygan usullarimizni qo‘lladim va jang davomida erkinroq harakat qilishga intildim. Menga qarshi yaxshi zarbaga ega nomdor raqib duch keldi, u haqida biror yomon gap ayta olmayman.

Nokautga olib kelgan vaziyatni qanday ushladim? Bu mashg‘ulotlarda charxlangan: biz pastdan zarba yo‘llash borasida ko‘p shug‘ullandik. Rostini aytsam, hali bu jangni ko‘rib chiqmadim. Hozirda tibbiy ko‘rikdan o‘tyapmiz, keyin kelajakka nazar sola boshlaymiz. Odatda jangdan so‘ng yengil mashg‘ulotlarda qatnashishni yoqtiraman”, — deydi Povetkin.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik bokschi Uaytni beshinchi raundda chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ygandi.

Ruslan Chagayev hamda Aleksandr Povetkin o‘rtasidagi super jang yodingizdami? O‘sha jangni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют