» » Qizingizga aytish tavsiya qilinmaydigan jumlalar

Qizingizga aytish tavsiya qilinmaydigan jumlalar


Ota-onalar quyidagi jumlalarni qiz farzandlarga o‘zlari bilmagan holda ko‘p bor takrorlaydilar. Bu esa uning ruhiyati, shaxs bo‘lib shakllanishi va hayotda o‘rnini topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bo‘lajak uy bekasisan

Qizingiz kelajakda uy bekasi emas, iqtisodchi yoki muhandis bo‘lsa-chi? Farzandingizga uy ishlarini kelajagi yoki taqdiri bo‘lgani uchun emas, toza va saranjom uyda yashash, mazali taom yeyish yoqimli ekanidan bajarish kerakligini o‘rgating.

Yon ber, sen qiz bolasan

Qizingiz qiz bola bo‘lgani uchungina o‘z xohish va qiziqishlariga qarshi borishi shart emas. Kimgadir past yoki baland ketish, yon berish yoki ko‘nishni uning o‘zi vaziyatga qarab hal qilishi kerak. Albatta, murosa qilish yaxshi, lekin o‘zini himoya qila olish, xafa qildirib qo‘ymaslik va yo‘q deya olishni ham bilish kerak. Yaxshisi, farzandingizga masalaning mohiyatini tushunish kerakligi va muzokara qilishni o‘rgating.

Muloyim bo‘l

Qizingiz eng avvalo inson, insonlar esa bir xil emas, ularning tuyg‘ulari, vaziyatga qarab reaksiyalari bo‘lishi tabiiy. Qarshisidagi inson nohaq ovozini ko‘targanda ham qiz bola bo‘lgani uchungina indamay ichiga yutishi va munosabat bildirmasligi kerak emas. Barcha inson ba’zida jahl qilishi, agressiv bo‘lishi, yig‘lashi va energiyasi kamayganini his qilishi mumkin. Unga qanday vaziyat bo‘lmasin aql bilan muammolarni hal qilish, o‘ylab yechim topish kerakligini o‘rgating.

Kek saqlama

Ushbu punkt ham qiziqish va qarashlariga qarshi borish bilan bog‘liq. Sizga kimdir yomonlik qilgani yoki xafa qilgan, sizni dilingizni og‘ritgan boshqa bir inson bilan gaplashishni istamaganingizni eslang — bu kek saqlash emas, munosabatga nisbatan javob reaksiyasi hisoblanadi.

Ayyorroq bo‘l

Istagan narsani qo‘lga kiritish yoki maqsadga erishish uchun qandaydir qing‘ir yo‘llarni tanlash yoki makr ishlatish ayollarga xos, qolaversa, haqiqiy tuyg‘ularni yashirish uchun o‘zini aslidan boshqacha tutish kerak, degan tushuncha bor. Ammo bularning har ikkisi ham qizingizni baxtli qilib qo‘ymaydi, aksincha baxtiga to‘g‘anoq bo‘ladi, oilaviy munosabatlari darz ketishi, hamkasb va do‘stlari ishonchi yo‘qolishiga olib keladi.

Ayol kishi boshqalarni boshqarishni bilishi kerak

Boshqa odamlar hayotiga aralashish, ularni chizgan chizig‘idan chiqmasligini istash bu xudbinlik va buning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Qizingizga to‘g‘ri bo‘lishni, maqsadga erishish uchun boshqalardan foydalanmaslik kerakligini uqtiring.

Asosiysi turmushga chiqish

Muhimi baxtli bo‘lish. Shuning uchun ham qizingizga tezroq turmushga chiqish emas, asosiysi mustahkam oila qurish va baxtli hayot kechirish kerakligini tushuntiring.

Uy ishlarini eplasang bo‘ldi

Qiz bola saranjom bo‘lishi kerakligi va ozodalik kishiga yoqimli ekani rost, lekin farzandingiz faqat uy ishlari bilan cheklanib qolmasin. Qiziqishiga qarab fan, sport va ijod bilan shug‘ullanishiga imkon bering.

Ishlash haqida o‘ylama

Har bir inson xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol shaxsiy xarajatlari bo‘lishi tabiiy. Ishlagan kishi o‘zini o‘zi eplaydi, mayda narsalar uchun ham boshqalarning qo‘liga qarab qolmaydi. Bundan tashqari, yaxshi ko‘rgan ishi bilan shug‘ullanish kayfiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, hamkasblar bilan muloqotda bo‘lgan inson kim bilan qanday muomala qilish, o‘zini qayerda qanday tutish kerakligini o‘rganadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют