» » Antonio Konteni 30 mln yevroga chuv tushirib ketishdi

Antonio Konteni 30 mln yevroga chuv tushirib ketishdi


“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte firibgarlik qurboniga aylandi.

Italiyalik mutaxassis “Chelsi”dan ishlab yurgan vaqtida ma’lum miqdordagi pulini investitsiyaga sarflash uchun 54 yoshli iqtisodchi Massimo Bochikkioga ishonib topshirgan. Natijada murabbiy bu pullarini yo‘qotgan.

Konte 30,6 million yevro miqdoridagi pulini qaytarib olishi kerak edi. U va boshqa investorlarga 30-iyunga qadar pullar qaytarilishi belgilangandi. The Times xabariga ko‘ra, mutaxassisga bu pullar kelib tushmagan.

Tergov jarayonida hujjatlar soxtalashtirilgani ma’lum bo‘lgan. Kontedan tashqari yana yetti kishi firibgar tuzog‘iga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” Yevropa Ligasi finalida “Sevilya”ga yutqazib, musobaqa g‘olibligini boy bergandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют