» » Toshkent hokimligi Ahmad Donish ko‘chasi yopilishi haqida ko‘cha yopib bo‘linganidan bir kun o‘tib xabar berdi

Toshkent hokimligi Ahmad Donish ko‘chasi yopilishi haqida ko‘cha yopib bo‘linganidan bir kun o‘tib xabar berdi


Toshkentning Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Yangishahar ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismi 1-sentabrga qadar yopiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ko‘cha “ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli” yopilmoqda; hokimlik matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Mega Planet savdo majmuasi yaqinidagi chorraha ham 1-sentabrgacha yopiq bo‘ladi.

“Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Qayd etish joiz, Toshkent hokimligi “ko‘cha 1-sentabrga qadar yopiladi” deb 25-avgust kuni soat 14:30 da e’lon qilgan bo‘lsa-da, aslida ko‘cha va Mega Planet savdo majmuasi oldidagi chorraha bir kun avval yopilib bo‘lgan edi.

23-avgust kuni soat 19:38 da “Voditeli Tashkenta” kanalida “Yunusobod” bozori oldidagi ko‘prik, shuningdek, Mega Planet oldidagi chorraha yopilgani, shu bois chorraha oldida katta tirbandlik yuzaga kelgani ma’lum qilingan.

24-avgust kuni soat 10:37 da esa Mega Planet oldidagi chorraha to‘liq yopilgani, “hammayoqda tirbandliklar” yuzaga kelgani, “Mega Planet atroflari ‘polniy bardak’, jinnixona, yo‘l yopiq”ligi haqida xabarlar qoldirilgan.

Ahmad Donish ko‘chasi “Yunusobod” bozori oldidagi ko‘prikdan to “17 ning oxiri”gacha yopiqligidan bexabar haydovchilarning deyarli bari shaharga Yangi Yunusobod ko‘chasi orqali chiqishga harakat qilgan, shu bois ushbu ko‘chada 24-avgust kuni tongda ham, 25-avgust kuni tongda ham katta tirbandliklar yuzaga kelgan.

“Ko dnu” kanalida 24-avgust oqshomida qoldirilgan xabarga ko‘ra, yo‘nalishi Ahmad Donish ko‘chasidan o‘tgan avtobuslar “ikkinchi kundirki chor-atrofdagi mahallalarning tor ko‘chalari bo‘ylab harakatlanmoqda”, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi esa avtobuslarning yo‘nalishi vaqticha o‘zgargani haqida axborot bermagan.

“Bu vaqtda esa ‘Toshshahartransxizmat’ matbuot xizmati yo‘lovchilarga avtobuslarning o‘zgargan yo‘nalishlari haqida axborot berish o‘rniga o‘z kanalida yo‘lovchilarga hech narsa bermaydigan befoyda axborot ulashib o‘tiribdi. Avtobuslar esa yana har doimgidek haydovchi bilganicha, haydovchi xohlaganicha yuribdi, g‘azabnok yo‘lovchilar esa nima bo‘layotganini tushunmay, avtobusni endi qayerda kutishi kerakligini bilmay, tentirayapti”, — deb yozadi “Ko dnu”.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют