» » Foto: Apple’ning suzadigan yangi do‘koni

Foto: Apple’ning suzadigan yangi do‘koni


Apple butun dunyo bo‘ylab ko‘plab do‘konlarini ochgan bo‘lib, ularning aksariyati odamlar gavjum bo‘ladigan markazlarda insonlarni o‘ziga tortuvchi nuqtaga aylanib ulgurgan. The Staits Times’ning yozishicha, kompaniya navbatdagi Apple Store’sini suvda — Singapurdagi Marina Bay Sands mehmonxonasi yaqinida ochishni rejalashtirmoqda.

Hozircha yangi Apple Store qachon ish boshlashi noma’lum. Apple vakilining so‘zlariga ko‘ra, ochilish marosimi tez orada bo‘lib o‘tadi. Sfera shaklidagi do‘kon tashqi tomondan shisha panellar bilan qoplangan bo‘lib, kunduzi shahar panoramasini aks ettiradi, kechasi esa ulkan fonarga aylanadi. Gumbaz qismining yuqorisida joylashgan aylana oyna yorug‘likning asosiy manbayiga aylanadi.

Apple Store’dan yaqin o‘rtadagi suvosti markaziga qadar suvosti tunneli o‘tkaziladi. Aftidan, Nyu-York markazidagi ulkan kubga munosib raqib qurilmoqda.

Mavzuga doir: YouTube’da Apple kampusi qurilishining yangi videosi paydo bo‘ldi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют