» » Toshkentda 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etdi


Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokuraturasi elektr toki urishi oqibatida 8 yoshli qizaloq vafot etgani yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shayxontohur tumani Oqtepa mavzesi 15-uy oldidagi elektr kabeli ilingan issiq suv quvurida elektr kuchlanishi yuzaga kelgan. 20-avgust kuni 2012-yilda tug‘ilgan qizaloq ushbu quvurning temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 22-avgust kuni Shayxontohur tumani elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘p qavatli uy aholisi bloger Shuxrat Musayev bilan suhbatda elektr ta’minoti liniyasi noto‘g‘ri loyihalangani borasida bir necha bor hokimlik va tuman elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilganliklarini bildirgan. Fuqarolardan birining so‘zlariga ko‘ra, u yomg‘irli kunda elektr toki kabeli osig‘liq turgan daraxtga teginganida tok urgan. Shundan so‘ng kabel issiq suv quvuri tomonga otib yuborilgan.

Shuningdek, aholining so‘zlariga ko‘ra, 30 xonadondan iborat ikki qavatli uy “umumiy yotoqxona” hisoblanadi va bir necha yildan buyon avariya holatida, unda bitta sanuzel va oshxona mavjud, biroq rasmiylar bu borada hech qanday chora ko‘rmay kelmoqda.

Mahalla raisi Xojiakbar Mansurovning so‘zlariga ko‘ra, 15-uy 2018-yilda “snos”ga tushgani sabab ta’mirlanmay kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi kadastr hujjatlarini hozirda xitoylik investorga taqdim etgan. Biroq qurilish kompaniyasi mutaxassislari karantin cheklovlari sabab mamlakatga kela olmayapti.

Mavzuga doir: Xorazmda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют