» » Shotlandlar Donald Trampning o‘g‘lidan Lox-Ness maxluqi sabab hafa bo‘ldi

Shotlandlar Donald Trampning o‘g‘lidan Lox-Ness maxluqi sabab hafa bo‘ldi


AQSh prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp Respublikachilar partiyasining saylovoldi namoyishlaridan biridagi chiqishi orqali Nessi mamlakatining milliy va turistik ramzlaridan biri — Lox-Ness ko‘lidagi afsonaviy maxluq haqida mensimasdan gapirib, Shotlandiya aholisini hafa qilib qo‘ydi, deb yozadi Huffington Post.

Shotlandiyaliklar Oq uy rahbarining o‘g‘li 2020-yilgi prezidentlik saylovida otasiga raqiblik qilayotgan Demokratlar partiyasi nomzodi — Jo Baydenni “botqoqdan chiqqan Lox-Ness maxluqi” deb atagani g‘azablantirgan.

“So‘nggi yarim asrdan buyon u qayerlardadir tentirab yuribdi, saylovlarga boshini suqyapti, keyin yo‘qolib qolib, umuman ko‘rinish bermayapti”, — deydi kichik Tramp Bayden haqida.

Prezident o‘g‘lining bu kabi so‘zlari nafaqat respublikachilar va demokratlar tarafdorlarini, balki Shotlandiya aholisining ham jahlini chiqargan.

“Ness ko‘lda yashaydi va bu kabi beodoblarcha munosabatga loyiq emas”, “Nega kichik Tramp maxluqni iblislashtirmoqchi? Shotlandiyada uni munosib jonzot deya hisoblashadi va odamlar uni ko‘rishni istaydi”, “Sen Shotlandiyada jin urgur golf-klubga egalik qilasan, va Lox-Ness botqoq emasligini bilmaysanmi?” deya ijtimoiy tarmoqlarda kichik Trampning fikriga izohlar qoldirilmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda asosiy kurashni o‘zining demokratlardan bo‘lgan raqibi Jo Bayden bilan emas, balki OAV bilan ko‘rayotgani haqida gapirgandi.

Mavzuga doir: Olimlar Lox-Ness ko‘li mahluqini izlashni rejalashtirmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют