» » O‘zbekistondagi davlat maktablarida yangi o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab qilinmaydi

O‘zbekistondagi davlat maktablarida yangi o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab qilinmaydi


O‘zbekistondagi davlat maktablarida 2020/2021-o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab etilmaydi. Bu haqda 25-avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, vaziyatdan kelib chiqib 2020/2021-o‘quv yilida ba’zi an’anaviy talablardan voz kechiladi. Xususan, davlat maktabidagi o‘quvchilar uchun forma majburiy bo‘lmaydi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarini ma’lum bir ko‘rinishdagi maktab formasini sotib olishga majburlash mumkin emas. O‘quvchilar belgilangan umumiy tartibga rioya qilgan holda o‘zi istagan kiyimida kelishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yilini 14-sentabrdan boshlash, darslar davomiyligini 30 daqiqa etib belgilash taklif qilinmoqda. Hozirda Xalq ta’limi vazirligi yangi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют