» » O‘zbekiston maktablarida dars davomiyligini 30 daqiqa etib belgilash taklif qilinmoqda

O‘zbekiston maktablarida dars davomiyligini 30 daqiqa etib belgilash taklif qilinmoqda


Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston maktablarida darslar davomiyligini 30 daqiqa etib belgilash taklif qilinmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahodir Almatov 25-avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Koronavirus bolalarda ancha yengil o‘tadi. Aksariyat holatlarda belgisiz bo‘lishi ham mumkin. Lekin maktablarda bolalar kasallik tarqatuvchi bo‘lib qolishi ehtimoli bor. Buning oldini olish uchun o‘quv yilini boshlash bo‘yicha me’yoriy hujjat ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, o‘quv yilini boshlashdan oldin maktablarning tayyorgarlik jarayoni o‘rganiladi. Har bir sinfxonani shamollatish imkoniyati yaratiladi. Bino oldi va sinfxonalarda antiseptik dezinfeksiya vositalari o‘rnatiladi. O‘qituvchilar, maktab xodimlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. O‘quvchilar maktabda tibbiy niqobda bo‘lishi shart“, — dedi Bahodir Almatov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, darslar davomiyligini 30 daqiqaga o‘tkazish tavsiya qilinmoqda. Qayd etilishicha, maktablarda dars vaqti soat 08:00 dan soat 15:00 gacha davom etishi, bir sinf o‘quvchilari boshqasi bilan muloqot qilmasligi, aralashib ketmasligiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, maktablarda ommaviy tadbirlar o‘tkazish mumkin emas. Oshxonalar ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bino hududiga begonalar kirishi taqiqlanadi.

Avvalroq O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yilini 14-sentabrdan boshlash taklifi etilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют