» » AQShda politsiyachilar qora tanli erkakka uning bolalari oldida 7 marta o‘q uzdi. Bunga javoban AQShda irqchilik va zo‘ravonlikka qarshi yangi namoyishlar boshlandi

AQShda politsiyachilar qora tanli erkakka uning bolalari oldida 7 marta o‘q uzdi. Bunga javoban AQShda irqchilik va zo‘ravonlikka qarshi yangi namoyishlar boshlandi


AQShning Viskonsin shtatidagi Kenosha shahrida 23-avgust, yakshanba kuni ikki nafar politsiyachi 29 yoshli qora tanli erkakni jiddiy jarohatladi, deb xabar bermoqda Meduza.

Guvohlardan biri voqeani tasvirga olgan. Videoda qora tanli erkak mashinaning haydovchi o‘rindig‘i tomonga ketayotgani ko‘ringan. Erkakning ortidan ikki nafar politsiyachi unga to‘pponcha qaratgan holda borgan. Ular erkakdan nimanidir talab qilgan. Erkak mashina eshigini ochganda, politsiyachilardan biri uning maykasidan ushlab, uning orqasiga qarata yetti marta o‘q uzgan. Mashina oldida turgan ayollar qichqirgan.

Wow. This Black man was shot several times in the back by @KenoshaPolice today. He was getting into his car after apparently breaking up a fight between two women. He’s in critical condition now. We demand JUSTICE! #BlackLivesMatter pic.twitter.com/I1reDEp4nw

— Ben Crump (@AttorneyCrump) August 24, 2020

Voqea joyiga darhol qo‘shnilar to‘plana boshlagan. Ularga boshqa tumanlar aholisi va afroamerikaliklar huquqlarini himoya qilish harakatlari faollari qo‘shilgan. Taxminan 100 nafar namoyishchi shahar politsiyasi idorasi tomonga harakatlangan va to‘siqqa duch kelgan. Shahar rasmiylari soat 22:00 dan boshlab komendantlik soati joriy qilgan, biroq noroziliklar yarim tungacha davom etgan. Norozilik ishtirokchilari chiqindi tashiydigan uchta mashinani yoqib yuborgan, bir nechta ofisning derazalarini sindirgan, sud binosiga graffitilar chizgan. 24-avgust kuni noroziliklar qayta boshlangan, bir nechta bino yoqib yuborilgan. Kenoshaga AQSh Milliy gvardiyasi qo‘shinlari kiritilgan. Boshqa bir nechta shaharda ham namoyishchilar ko‘chalarga chiqqan.

Jarohatlanishi norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan Jeykob Bleyk og‘ir ahvolda Miluoki shahar kasalxonasiga olib borilgan. U operatsiya qilingan, ahvoli barqaror va jonlantirish bo‘limida yotibdi. Viskonsin shtati adliya departamenti tergov boshlagan. Voqea joyida bo‘lgan ikki nafar (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar) politsiyachi xizmatdan chetlatilgan. Rasmiylar ularning ismlarini ma’lum qilmagan, shuningdek, otishmadan oldin nima bo‘lgani haqida ham xabar berilmagan. Ma’lum bo‘lgani shuki, politsiya oilaviy janjal sababli chaqiruv bo‘yicha kelgan.

Bleykning oilasi advokat sifatida politsiya zo‘ravonligi ishlari bilan tanilgan Benjamin Krampni yollagan. Krampning ma’lum qilishicha, Bleyk oilaviy janjalni tinchlantirishga yordam bergan, biroq politsiyachilar unga qurol o‘qtalgan va elektroshoker bilan urgan. O‘q Bleyk o‘z mashinasida bo‘lgan uch nafar o‘g‘lidan (Bleykning olti nafar farzandi bor) xabar olish uchun borganda uzilgan. Erkakning uch, besh va sakkiz yoshli o‘g‘illari otasiga o‘q uzilganini ko‘rgan. “Bu ular uchun bir umrlik jarohat bo‘lib qoladi”, — deya ma’lum qilgan advokat.

Krampning so‘zlarini guvohlar ham tasdiqlagan. Ularning ma’lum qilishicha, Bleyk ikki ayol o‘rtasidagi janjalni to‘xtatishga uringan, politsiyachilar esa elektroshoker qo‘llagan va o‘q uzgan. Voqeani videoga olgan Reyzin Uaytning ma’lum qilishicha, Bleyk mashinada yetib kelgan va maysa ustida o‘tirgan o‘g‘lining oldiga borgan. U o‘g‘liga mashinaga minishni aytgan va o‘zi uyga kirib ketgan. Shu paytda Uayt derazadan uzoqlashgan, qaytib kelganida esa politsiyachilar Bleykning bo‘ynidan ushlab turganini, uni urayotgani va elektroshoker ishlatayotganini ko‘rgan. Bleyk politsiyachilar qo‘lidan qutulib chiqqan va mashina tomonga yurgan. Shu paytda Uayt tasvirga olishni boshlagan.

Bleykni davolash va yuridik yordam uchun bir sutkada 650 ming dollar to‘plangan. Qo‘shiqchi Kardi Bi, reper 50 Cent, basketbolchi Lebron Jeyms va boshqa mashhurlar politsiya zo‘ravonligini to‘xtatishni talab qilgan. Bir nechta demokrat siyosatchilar, shu jumladan, AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden Kenosha politsiyasi harakatlarini qoralagan. Viskonsin gubernatori Toni Ivers politsiya tomonidan kuch ishlatilishini tartibga soluvchi qonunlar to‘plamini qabul qilish uchun shtat qonunchilik majlisining shoshilinch sessiyasini chaqirgan.

AQShda doimiy ravishda irqchilik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar bo‘lib turadi. So‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar 2020-yil may oyining oxirida Jorj Floydning o‘limidan keyin yuz bergan ko‘cha namoyishlari bo‘ldi. Namoyishlar mamlakatning ko‘plab shaharlarida Black Lives Matter harakati doirasida bo‘lib o‘tdi. Asosan tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi, biroq ba’zi namoyishlarda do‘konlarga hujumlar va koloniya davri yodgorliklariga zarar yetkazish kuzatildi. Namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Keyinroq Black Lives Matter harakati va irqchilikka qarshi norozliklar dunyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqaldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют