» » Britaniya bosh vaziri Boris Jonson sog‘lig‘idagi muammo sabab iste’foga chiqishi mumkinligi xabar qilindi

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson sog‘lig‘idagi muammo sabab iste’foga chiqishi mumkinligi xabar qilindi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hukumat rahbari sifatidagi olti oy davom etgan faoliyatidan keyin, koronavirus asoratlari va sog‘lig‘idagi muammolar sabab iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqda Britaniya nashrlari Jonsonning yaqin qarindoshi bergan ma’lumotga tayanib xabar bergan.

Ushbu mavzuga birinchilardan bo‘lib The Times gazetasi qo‘l urgan. Maqolada muallifning bosh vazir maslahatchisi Dominik Kammingsning qarindoshi bilan suhbatlashgani haqida yozgan. Xabarga ko‘ra Jonson hali ham koronavirus infeksiyasining asoratlaridan aziyat chekmoqda va agar kasallik o‘tib ketmasa kelasi yil boshida iste’foga chiqmoqchi.

Kammingsning qaynatasi Xamfri Ueykfild jurnalist bilan suhbatda Jonsonni “jarohatlangan otga” qiyoslab, bosh vazirning kasalligi surunkali ekanini qayd etgan.

“Agar jarohat olgan otni avvalgi ishlarini qilishga qaytara olmasangiz, u hech qachon tuzalmaydi”, – deya Ueykfild so‘zlaridan iqtibos keltirgan The Times.

Bloomberg agentligi Jonsonning matbuot xizmati bu borada izoh berishni istamagani, ammo Britaniya rasmiylari bunday taxminlar matiqsiz ekanini aytgani haqida yozgan.

Shuningdek, Business Insider nashri Dauning-stritdagi manbasiga tayanib bu kabi xabarlarning yolg‘onligi xususida xabar chop etgan.

Jonson 2020-yilning mart oyi oxirida koronavirusga chalingan, bir necha kun davomida intensiv terapiya palatasida davolangan, keyin tuzalib yana ish joyiga qaytgandi. U sog‘ayganidan so‘ng ortiqcha vazn muammosiga ega britaniyaliklardan ozishga harakat qilishlarini so‘ragan, ularni COVID-19 asoratlari og‘ir kechishi haqida ogohlantirgan.

Buyuk Britaniyada saylovlar o‘tgan yili dekabr oyida bo‘lib o‘tgan va Jonson raqobatchilaridan ustun holda bosh vazir lavozimiga saylangan. Birlashgan qirollikdagi keyingi parlament saylovlari 2024-yilda o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют