» » Buyuk Britaniyada 4 nafar vazir hukumatdan ketdi

Buyuk Britaniyada 4 nafar vazir hukumatdan ketdi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hukumatda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Meduza Sky News’ga tayanib.

Qayd etlishicha, g‘aznachilik (moliya vaziri) kansleri Sajid Javid iste’foga chiqdi. U o‘zining barcha maslahatchilarini ishdan bo‘shatishni talab qilgan Boris Jonson bilan kelishmovchilik tufayli ketdi. Uning o‘rniga g‘aznachilikning katta kotibi Rishi Sunak kansler bo‘ldi.

Shuningdek, Shimoliy Irlandiya ishi bo‘yicha vazir Julian Smit, biznes, energetika va sanoat strategiyasi vaziri Andrea Leds va atrof-muhit masalalari bo‘yicha vazir Tereza Villiyers ham o‘z lavozimlarini tark etdi. Bundan tashqari, Angliya va Uelsning bosh prokurori Jefri Koks ham ishdan ketgan.

Bu Boris Jonson hukumatidagi birinchi katta iste’folardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют