» » Mirjalol Qosimov: “Ko‘p futbolchilar hali 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emas”

Mirjalol Qosimov: “Ko‘p futbolchilar hali 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emas”


OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Navbahor”ga qarshi o‘yindan (1:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Ikkita bir-biriga munosib jamoa kurash olib bordi. Birinchi bo‘limda “Navbahor” yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va ikkinchi bo‘limda biz kuchliroq harakat qildik. Natijada bahs 1:1 hisobida yakun topdi. O‘ylaymanki, o‘yin ko‘pchilikka yoqdi. Fursatdan foydalanib yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, chunki futbolchilarimiz oxirigacha kurash olib bordi. Vaholanki, yutqazib qo‘yishimiz ham mumkin edi. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

1:1 natijasini sensatsiya demagan bo‘lardim. Aytib o‘tganimdek, ikkita bir-biriga mos jamoa kurash olib bordi. Futbol shunisi bilan qiziq. Goh yutishing, goh yutqazib qo‘yishing mumkin. Bu o‘yinda esa durang qayd etildi. To‘g‘ri, raqib safida Mirzohida G‘ofurov, Abbos G‘ulomov kabi futbolchilar o‘ynamadi, lekin “Navbahor” tarkibi baribir kuchli edi.

Qisqa fursat ichida o‘yinlar o‘tkazyapmiz, buning natijasida tarkibda rotatsiya amalga oshyapti. Shu bois bugun Shoraxmedovga dam berdik. Qolaversa, ko‘p futbolchilarimiz kasal bo‘lib tuzaldi ham. Safimizda 11-12 nafar futbolchi kasal bo‘lib qoldi. Shu bois ko‘pchilik hali 90 daqiqaga tayyor emas.

Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi

OKMK 12-turdan keyin 28 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Paxtakor”dan uch ochko orta qolgan. Olmaliqliklar 13-turda “Buxoro”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют