» » Andrey Kanchelskis: “Hayotda futboldan ham muhimroq narsalar bor”

Andrey Kanchelskis: “Hayotda futboldan ham muhimroq narsalar bor”


“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida OKMKga qarshi kechgan o‘yindan (1:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalo barcha futbolchilarimga rahmat aytaman. Bu o‘yinda besh nafar futbolchimiz koronavirusga chalinib yordam bera olmadi. O‘tgan bahsdagi diskvalifikatsiya sabab yana bir o‘yinchimiz maydonga tushmadi.

PFLga o‘yinni qoldirish haqida murojaat qildik, lekin qoldirilmadi. OKMKdan so‘radik, ular ham yo‘q degan javobni berdi. Hayot davom etadi. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

OKMK bizga nisbatan bir kun ko‘proq dam oldi. Bu esa ularga ustunlik berdi. Natijada ikkinchi bo‘lim oxirlarida raqib ustunlik qildi. Futbolda bir kun ortiqcha dam olish ham ko‘p narsani anglatadi. OKMK o‘tgan yil ham qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib durang qayd etgandi, bu yil ham shunday bo‘ldi.

Bunday taqvimda o‘ynash oson emas. Men bu haqda PFLga ham aytganman. Men hech qachon qorani oq, oqni qora demayman. Doim oqni oq, qorani qora deb aytib kelganman. Bu o‘yinda hammasi joyida bo‘ldi: tashkilotchilik, maydon, o‘yinning boshlanish vaqti, hech qaysi jihatdan e’tirozim yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda super.

“Surxon” bilan o‘yinda esa dahshatli bo‘lgandi. Biz kiyim almashtirish xonasiga kiryapmiz, u yerda santexnik trubani yamab o‘tiribdi. Ko‘ryapsizmi, nimalar bo‘lgan. Bizga markazlashgan chempionatga kelib o‘ynaysizlar deyishdi va biz keldik, lekin tashkilotchi biz emasmiz.

Istalgan jamoaga besh nafar asosiy futbolchisi maydonga tushmasa qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, bu o‘yinda maydonga tushganlar borlarini berdi. Yigitlarga katta rahmat.

Har uch kunda qanday qilib o‘ynash mumkin deb so‘raganimda, ana Angliyada o‘ynashyapti-ku degan javobni oldim. Kechirib qo‘yasiz, Angliyada mana men o‘ynaganman va u yerdagi sharoit, tashkilotchilik, ob-havo, maydonlar holati va boshqalarni juda yaxshi bilaman. Lekin Angliyada o‘ynashyapti-ku deydigan odamning o‘zi Angliyaga borib futbol ko‘rganmikin.

Futbolchi o‘yindan rohat olishi kerak, buning uchun hamma narsa komfort darajada bo‘lishi shart. Agar siz shudgorga chiqsangiz, qanday qilib o‘yindan rohat olasiz? Shunga qaramay biz “Surxon” bilan ham o‘ynadik va buning uchun ham shogirdlarimga rahmat aytaman.

Yana nima deyishim mumkin? Agar biz ham OKMKga o‘xshab bir kun ko‘p dam olganimizda balki bu hisob boshqacha bo‘larmidi? Men jamoadagi vaziyatdan kelib chiqib durangni yomon natija deya olmayman. Ivan Solovyov 8 kun shug‘ullanmadi, u o‘yinga kirishib ketishi uchun 8 kun mashg‘ulot olib borishi kerak bo‘ladi.

O‘ylaymanki, “Qo‘qon-1912” bilan bo‘ladigan bahsda ijobiy natijaga erishamiz. Lekin hayotda futboldan ham muhim narsalar bor, bu avvalo insonlar sog‘ligi. Axir hammamiz bir marta yashaymiz, hech kimga uch marta umr berilmaydi-ku, to‘g‘rimi?

Andrey Kanchelskis, “Navbahor” bosh murabbiy

“Navbahor” 12-turdan keyin 19 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют