» » Chexiya prezidenti Milosh Zeman shifoxonaga yotqizildi

Chexiya prezidenti Milosh Zeman shifoxonaga yotqizildi


Qo‘lini shikastlab olgan Chexiya prezidenti Milosh Zeman shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakat rahbarining matbuot kotibi Irji Ovchachekka tayanib, “Novinky.cz” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zeman 25-avgust kechasi televizorda yangiliklarni tomosha qilgan. “Ular yakunlangach, prezident temir tayanch yoki xavfsizlik xizmati xodimlari yordamidan foydalanmagan. U qoqilib ketgan va o‘ng qo‘lini sindirib olgan”, — deydi matbuot kotibi.

Ovchachekning ta’kidlashicha, Zemanning hayotiga hech narsa xavf tug‘dirmayapti. “Prezident o‘z oilasi va hamkasblari bilan aloqada bo‘lib turibdi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Milosh Zeman Pragadagi Markaziy harbiy gospitalga joylashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtda u operatsiya qilinmoqda.

Qayd etilishicha, 75 yoshli davlat rahbari anchadan buyon quyi bo‘g‘imlaridagi nevropatiyadan shikoyat qilib kelgan. Ovchachekning so‘zlariga ko‘ra, uning yiqilishiga ham aynan shu sabab bo‘lgan. “Prezident dasturi uning holatiga qarab moslashtiriladi”, — deydi u.

“Novinky.cz”ning yozishicha, Zeman avvalroq eshitish va past arteriya bosimidan shikoyat qilgan. Bundan tashqari, Chexiya prezidentining aytishicha, 2015-yili shifokorlar unga diabet tashxisini qo‘ygan.

Iyul oxirlarida Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saud o‘t pufagining yallig‘lanishi sabab shifoxonaga yotqizilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют