» » AQSh xakerlari Chexiya prezidentining shaxsiy kompyuteriga buzib kirdi

AQSh xakerlari Chexiya prezidentining shaxsiy kompyuteriga buzib kirdi


Alabamalik xakerlar Chexiya prezidenti Milosh Zemanning shaxsiy kompyuteriga buzib kirdi va uning ichiga nomaqbul videolar joylashtirdi. Bu haqda Chexiya prezidentining o‘zi Praganing Frekvence-1 radiokanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Taxminan, 1 yil avval Lana qasri (Chexiya prezidentlarining Pragadagi qarorgohi)dagi kompyuterimga kimdir bolalar pornografiyasi sahifalarini yuklab qo‘ydi.

Milosh Zeman, Chexiya prezidenti

Prezident kompyuter xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni Pragadan chaqirtirdi va kiberhujumni kim uyushtirganini aniqlashni talab qildi.

Kimni jinoiy javobgarlikka tortish kerakligini aniqlash uchun, ushbu sahifalar qanday qilib bu yerga tushib qolganini bilish kerak edi. Mutaxassislar menga ular AQShning Alabama shtatidan ekanini aytdi.

Milosh Zeman, Chexiya prezidenti

Chexiyalik kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, xakerlik hujumi AQShdan amalga oshgani uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishning imkoni yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют