» » AQSh va Buyuk Britaniya harbiy texnikasi Chexiyadan Polshaga kirdi

AQSh va Buyuk Britaniya harbiy texnikasi Chexiyadan Polshaga kirdi


Germaniyadan yo‘lga chiqqan AQSh va Buyuk Britaniya armiyasi harbiylari va harbiy texnikasidan iborat konvoyning birinchi qismi Chexiya hududi orqali Polshaga kirdi. Bu haqda Chexiya armiyasi bosh shtabi vakili Yan Shuls ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Polshada, Shultsning so‘zlariga ko‘ra, Amerika va Britaniya bo‘linmalari NATOning sharqiy qanotini mustahkamlaydi. Shu tariqa, Sharqiy Yevropada alyansning ishtirokini mustahkamlashni so‘ragan Varshava va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga ko‘mak berish bo‘yicha rejalar amalga oshirilmoqda.

Jami yetti kolonnada 125 ta harbiy texnika va AQSh hamda Buyuk Britaniyaning 550 nafar harbiy xizmatchisi bor.

Chexiya hududi orqali o‘tayotgan kuchlarning asosi AQSh qurolli kuchlarining “Ikkinchi kavaleriya polki” piyoda askarlari tarkibidan tashkil topgan. Konvoy tarkibida Buyuk Britaniyaning 50 nafar harbiy xizmatchisi va 20 ta harbiy texnikasi mavjud. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют