» » Eron katerlari AQShning harbiy kemasini yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur qildi

Eron katerlari AQShning harbiy kemasini yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur qildi


Eronning bir necha tezsuzar harbiy kateri O‘rmuz bo‘g‘ozida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining kemasiga juda yaqin kelishi natijasida kema o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.

Mazkur holatdan boxabar bo‘lgan amerikalik mansabdorning so‘zlariga ko‘ra, katerlar USNS Invincible razvedka kemasiga 600 metr masofagacha yaqinlashgan.

Natijada AQSh kemasi va unga hamrohlik qilgan Buyuk Britaniya qirollik flotining uch kemasi yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Eron katerlari bilan radio orqali bog‘lanish bo‘yicha urinishlar behuda ketgan: katerlar tomondan javob kelmagan.

Amerikalik mansabdor eronliklarning bu xatti-harakatini “xavfli va noprofessional” deb atagan.

Avvalroq yanvar oyida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining esminetsi O‘rmuz bo‘g‘ozida ogohlantirish belgisi sifatida Eronning to‘rtta tezsuzar harbiy kemasi tomonga uch bor o‘q uzgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют