» » Rossiya Davlat dumasi Qrim uchun Ukrainaga tovon to‘lanmasligini bildirdi

Rossiya Davlat dumasi Qrim uchun Ukrainaga tovon to‘lanmasligini bildirdi


Chexiya prezidenti Milosh Zemanning Qrimning kimga tegishli ekanligi borasidagi yondashuvini ma’qullash mumkin, biroq Ukrainaga tovon to‘lash taklifi noo‘rin. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Leonid Slutskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”. 

“Qrimning Rossiyaga qo‘shilganini yuz bergan holat sifatida tan olingan Chexiya prezidenti Milosh Zeman bayonotini faqat olqishlash mumkin. Biroq uning Ukrainaga qandaydir shaklda tovon to‘lash taklifi tanqidga ham arzimaydi. Qrim — savdo-sotiq yoki kelishuv mavzusi emas. Yarimorolning Rossiyaga qo‘shilishi oldi-berdi emas, xalq xohish-istagi tufayli amalga oshdi. Rossiya hech kimga hech narsa to‘lamaydi”, — dedi siyosatchi. 

Oldinroq Milosh Zeman Yevropa parlamentidagi chiqishi chog‘ida Qrim masalasini Ukrainaga tovon to‘lash yo‘li bilan hal etishni taklif qilgandi.

Shundan so‘ng Kiyev Zemanning mazkur bayonoti uchun Praga kechirim so‘rashini talab qilishi bildirildi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют