» » Fransiyada eski avtomobillar kolleksiyasi o‘g‘irlab ketildi

Fransiyada eski avtomobillar kolleksiyasi o‘g‘irlab ketildi


Fransiyaning Dordon vodiysida mahalliy fuqarolardan biri umri davomida yig‘gan eski avtomobillar kolleksiyasi jinoyatchilar guruhi tomonidan o‘g‘irlab ketildi, deb xabar beradi Motor.

Kolleksiya egasi 2019-yilda vafot etgan, uning o‘g‘li esa yaqinda mashinalar yo‘qolganini payqab qolgan: garajdan to‘rtta retro-kar yo‘qolgan, xususan, ular orasida 99 nusxada yaratilgan qizil Lancia Flamina Zagato ham bor. Ekspertlarning baholashicha, Lancia’ni 400 ming yevrodan ortiqroqqa sotish mumkin.

Aftidan o‘g‘rilik bir oy oldin sodir etilgan. Garajdan Lancia Flamina Zagato’dan tashqari oq Alfa Romeo Spider, Facel Vega kupesi va modeli ko‘rsatilmagan Pontiac o‘g‘irlangan. Bundan tashqari, ular avtomobillarning alohida saqlangan original detallarini ham o‘zlari bilan olib ketgan. Politsiyaning taxminicha, jinoyatchilar avval boshidan narsalarning qayerda turganidan boxabar bo‘lgan. O‘g‘irlanmagan yagona avtomobil — uzoq yillar davomida yer bilan birlashib ketayotgan Cadillac.

Mahalliy politsiya boshqa avtomobil kolleksionerlari va avtoklublarni o‘g‘irlangan retro-karlar va original detallar auksionda kutilmaganda “paydo bo‘lib” qolishidan ogohlantirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют