» » O‘zbekistonda magistraturaga kirish imtihonlari bir kunda o‘tkaziladi

O‘zbekistonda magistraturaga kirish imtihonlari bir kunda o‘tkaziladi


AOKA shtabida 26-avgust, chorshanba kuni Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Farhod Babashev magistratura imtihonlari haqida ma’lumot berdi.

“Hozirgi kundagi pandemiya holati, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda abituriyentlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyent magistraturaga kirish imtihonlarini bir kunda topshiradi.

2020/2021-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma joriy etilmaydi. Abituriyentlar o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga elektron tizim orqali kirib, imtihonlar o‘tkaziladigan joy va muddat to‘g‘risida axborot olishi mumkin bo‘ladi. Abituriyentlardan kirish imtihonlariga pasport bilan kelish talab etiladi. Ilmiy-pedagogik layoqatni tekshirish testlari bu abituriyentlarning fikrlash qobiliyati, zehni va shu kabi layoqatini aniqlash uchun joriy etiladi”, — dedi Babashev.

Avvalroq magistraturaga 1377 nafar talaba o‘qishga qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют