» » Lukashenko Merkel va Makronning qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan

Lukashenko Merkel va Makronning qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Germaniya kansleri Angela Merkel Belarus davlat rahbari Aleksandr Lukashenko ularning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan keyin birinchi bo‘lib Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan bog‘lanishga uringan. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.

“Bilishimcha, ular birgina Rossiya prezidentining o‘ziga qo‘ng‘iroq qilmagan. Ikki Yevropa yetakchi davlati rahbarlarining telefoniga Minskda bo‘lgan Aleksandr Lukashenko ham javob bermagan”, — deya Estoniya bosh vaziri Yuri Ratasning so‘zlaridan iqtibos keltirgan ERR kanali.

“Rossiya Belarus borasidagi masalalarda va umuman mintaqada muhim rol o‘ynaydi va bu fakt. Aslida ham shunday. Germaniya kansleri va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bildirgan taklifi ham Belarusdagi muammoni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Bunda xalqaro kuzatuvchilar ham ishtirok etishi mumkin”, — degan Ratas.

“Lekin barchaga keyinchalik ma’lum bo‘lganidek Lukashenko ushbu taklifni rad qilgan”, — deya qo‘shimcha qilgan Estoniya hukumati rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni o‘tkazilgan. MSK ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib deb topilgan. U mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan.

Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga olgan. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qolgan. Minskda prezident saylovlaridan keyin norozilik namoyishi boshlangan. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют